Eron soya va bug‘doy evaziga Rossiyaga dron va raketalar topshirganini tan oldi

Eron soya va bug‘doy evaziga Rossiyaga dron va raketalar topshirganini tan oldi

Eron soya va bug‘doy evaziga Rossiyaga dron va raketalar topshirganini tan oldi.

Eron parlamentining xavfsizlik va tashqi aloqalar qo‘mitasi a’zosi Ahmad Bakshaish Ardestoniy “Didban Iran” nashriga bergan intervyusida Tehron Moskvani "iqtisodiy va siyosiy hamkorlik doirasida" dronlar va raketalar bilan ta’minlayotganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Eronga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bermoqda.

"Biz Rossiya Federasiyasidan ko‘plab tovarlarni import qilamiz. Ehtiyojlarimizni qondirish uchun soya va bug‘doyni ayirboshlashimiz kerak. Buning bir qismi raketalarni yuborishni o‘z ichiga olsa, boshqa qismi harbiy dronlarni yuborishni o‘z ichiga oladi", — dedi Ardestoniy.

Avvalroq bir qator G‘arb OAVlari Eronning Fath-360 qisqa masofali ballistik raketalari allaqachon Rossiya Federasiyasi hududiga yetkazilgani haqida xabar bergan edi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi ushbu ma’lumotdan chuqur xavotirdaligini bildirib, xalqaro hamjamiyatni dunyoda tinchlik va xavfsizlikni himoya qilish doirasida Rossiya va Eronga bosimni kuchaytirishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!