Sirdaryoda svetoforga to‘xtagan “Gentra”ning orqasidan yana beshta mashina ketma-ket urildi

Sirdaryoda svetoforga to‘xtagan “Gentra”ning orqasidan yana beshta mashina ketma-ket urildi

Sirdaryo viloyatida 6 ta transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHB xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yil 8 sentyabr kuni soat 18:00 larda, Oqoltin tumani, Yangi davr MFY hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 4-kmda, Termiz-Toshkent yo‘nalishida, tartibga solingan piyodalar svetoforiga to‘xtagan "Jentra" rusumli avtomobilni orqa tomonidan oraliq masofani saqlamagan holda 5 ta avtomobillar "Jentra", "Spark", "Spark", "Damas" va "BYD" harakatlanib kelib urilishi natijasida yo‘l transport hodisasi sodir etilgan.

Natijada 6 ta transport vositalarining barchasi texnik shikastlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q

Hozirda Oqoltin tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!