Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga keladi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga keladi

Bugun Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Toshkentga ikki kunlik rasmiy tashrif bilan keladi.

O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmatiga ko‘ra, tashrif davomida O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, poytaxtdagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari hamda boshqa ob’ektlarga tashriflar rejalashtirilgan.

Rossiya hukumati saytida ochiqroq bayon qilinishicha, sanoat, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda yirik loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!