Yaman janubida avtobusning tog‘dan qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi

Yaman janubida avtobusning tog‘dan qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi

Yaman janubidagi Lahj viloyatida yo‘lovchi avtobusining tog‘ yonbag‘ridan qulashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Hodisa Makatra viloyatida Aden va Taiz provinsiyalarini bog‘lovchi xavfli yo‘lda sodir bo‘lgan. Dastlabki versiyaga ko‘ra, haydovchi tormoz ishlamay qolgani uchun boshqaruvni yo‘qotgan, shundan so‘ng ichida 16 kishi bo‘lgan avtomobil tog‘dan pastga qulagan.

Yemen Monitor nashrining xabar berishicha, 16 yo‘lovchining hech biri halokatdan omon qolmagan.

Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!