Ronaldu yana bir rekord natija qayd etdi

Ronaldu yana bir rekord natija qayd etdi

Portugaliya terma jamoasi UYEFA Millatlar ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida o‘z maydonida Shotlandiyani qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlarning g‘alaba to‘piga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.

"An-Nasr" futbolchisi ilk marta Shotlandiya darvozasini ishg‘ol qildi. Krishtianu faoliyati davomida 48 ta terma jamoa darvozasiga to‘p kiritgan. Bu esa mutlak rekord hisoblanadi. Hali hech bir futbolchi bunday natijaga erishmagan.

Ronaldu eng ko‘p golni Lyuksemburg darvozasiga urgan — 11. Bu borada keyin pog‘onalarni Shvesiya va Litva egallab turibdi – 7 tadan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!