Qatar G‘azo aholisiga yordam berish uchun 4,5 million dollar ajratdi

Qatar G‘azo aholisiga yordam berish uchun 4,5 million dollar ajratdi


Qatar Qizil Yarim Yarim Oy Jamiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik Qochqinlarga yordam berish agentligi shartnoma imzoladi, unga ko‘ra Qatar taraqqiyot jamg‘armasi G‘azo sektori aholisiga yordam berish uchun 4,5 million dollar ajratadi.

Bu haqda Qatar axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ajratilgan mablag‘ G‘azo sektoridan 4,4 ming nafar falastinlik ishchilarni, shuningdek, mojaro avj olishidan avval G‘arbiy Sohilga tibbiy yordam olish uchun kelgan va uylariga qayta olmagan anklav aholisini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

"Naqd pul yordami o‘tgan oktyabr oyida Isroil agressiyasi boshlanganidan buyon G‘azo sektoriga qaytib kela olmagan ko‘chirilgan odamlar uchun hayotiy yordam bo‘ladi", — deyiladi agentlik bayonotida.

"G‘azodan kelgan minglab falastinlik qochqinlar G‘arbiy Sohilda qamalib qolmoqdalar, ular bu inqirozli vaziyatda qolib ketishgan, yaqinlari va tirikchilik vositalaridan uzilib qolishgan" - dedi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik Qochqinlarga yordam berish agentligi Bosh komissari Filipp Lazzarini.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!