Marokash janubi-sharqida toshqin 11 fuqaroni halok qildi

Marokash janubi-sharqida toshqin 11 fuqaroni halok qildi

Marokash janubi-sharqida kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqini qurbonlari soni 11 kishiga yetdi.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, kuchli bo‘ron va toshqin natijasida Tata shahrida yetti, Tiznit va Ar-Roshidiyada ikki kishi halok bo‘lgan. Tabiiy ofat zarbiga uchragan 9 insonning taqdiri hozircha noma’lum.

Vazirlik matbuot kotibi Rashid Al-Xalafiy ta’kidlashicha, so‘nggi ikki kunda mintaqadagi o‘rtacha yillik miqdorning yarmicha yog‘ingarchilik kuzatilgan. Oqibatda 24 uy to‘liq, 16 turar-joy qisman vayron bo‘ldi, 93 yo‘l ishdan chiqdi. Transport aloqasi uzilib, elektr, suv va telefon tarmog‘iga ziyon yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!