Paralimpiyachilarimiz ham o‘z tarixlaridagi eng yuqori natijani qayd etib, umumjamoa hisobida o‘n uchinchi bo‘lishdi

Paralimpiyachilarimiz ham o‘z tarixlaridagi eng yuqori natijani qayd etib, umumjamoa hisobida o‘n uchinchi bo‘lishdi

Fransiyaning Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. 28 avgust – 8 sentyabr kunlari o‘tkazilgan O‘yinlarda O‘zbekiston delegasiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, ilk bor 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza, jami 26 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Bu bilan paralimpiyachilarimiz medallar jamg‘arish bo‘yicha o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etib, umumjamoa hisobida 13-o‘rinni egalladi. Ushbu natija bilan delegasiyamiz Osiyo mamlakatlari orasida Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi, shuningdek, Markaziy Osiyo, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi tarixiy natija bilan mamlakat Milliy Paralimpiya qo‘mitasi, yuksak matonat ko‘rsatgan para sportchilarimiz va ularning murabbiylari, millionlab muxlislarimizni samimiy qutlaydi.

Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasi bugun Vatanga qaytib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!