Belarus mamlakat chegarasi yaqinida Ukraina 14 ming harbiy to‘plaganini ma’lum qildi

Belarus mamlakat chegarasi yaqinida Ukraina 14 ming harbiy to‘plaganini ma’lum qildi

Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich mamlakat chegarasi yaqinida Ukraina taxminan 14 ming askardan iborat harbiy guruh joylashtirganini aytdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Volfovichga ko‘ra, bunday miqdordagi Ukraina harbiy kuchlari ikki yildan buyon respublika chegaralari yaqinida turibdi. Bunga javoban Belarus hukumati Mozir va Gomel yo‘nalishlarini kuchaytirishga qaror qilgan.

So‘nggi paytlarda G‘arb tomonidan ham, Ukraina tomonidan ham, biz janubda Ukraina hududiga hujum boshlash uchun qandaydir guruhlar tuzganimiz haqidagi ayblovlar faqat yengil istehzoga sabab bo‘lishi mumkin, deydi Belarus Xavfsizlik kengashi kotibi.

Uning ta’kidlashicha, chegara yaqinida joylashgan Belarus harbiylari soni Ukraina askarlari sonidan bir necha baravar kam bo‘lib, 4 ming askarni tashkil etadi.

18 avgust kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko hozirda Belarus-Ukraina chegarasida 120 mingdan ortiq ukrainalik harbiy borligini aytgandi. U chegaradagi vaziyat Minskda 3 iyul kuni nishonlanadigan Mustaqillik kunida o‘tkaziladigan paradga tayyorgarlik ko‘rish paytida keskinlasha boshlaganini bildirgan.

O‘shanda Lukashenko armiyaning deyarli uchdan bir qismi Ukraina chegarasiga ko‘chirilgani, Brestdan Grodnogacha mudofaa istehkomlari qurilayotgani aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!