Bugun Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar vaqti o‘zgaradi

Bugun Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar vaqti o‘zgaradi

Bunga O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasini tantanali kutib olish marosimi o‘tkazilishi sabab bo‘lgan.

Bugun, 2024 yil 9 sentyabr kuni Toshkent aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminalida O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasini tantanali kutib olish marosimi o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi reyslar Toshkent aeroportining xalqaro terminali orqali amalga oshiriladi:

Ketish:
- Toshkent — Urganch yo‘nalishida "Silk Avia" US903 parvozi soat 18:00 da uchadi.
- Toshkent — Buxoro yo‘nalishida "Silk Avia" US801 parvozi soat 18:25 da uchadi.
- Toshkent — Termiz yo‘nalishida "Silk Avia" US753 parvozi soat 19:05 da uchadi.
- Toshkent — ​​Urganch yo‘nalishida “Uzbekistan Airways" HY57 parvozi soat 20:25 da uchadi.

Kelish:
- Nukus — Toshkent yo‘nalishida “Uzbekistan Airways" HY20 parvozi soat 17:20 da yetib keladi.
- Namangan — Toshkent yo‘nalishida "Silk Avia" US502 parvozi soat 17:20 da yetib keladi.
- Buxoro — Toshkent yo‘nalishida "Silk Avia" US806 parvozi soat 18:20 da yetib keladi.
- Qo‘qon — Toshkent yo‘nalishida "Silk Avia" US456 parvozi soat 18:55 da yetib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!