Angren shahridagi savdo do‘konidan 4 949 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi

Angren shahridagi savdo do‘konidan 4 949 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.E.” MCHJ rahbari A.T. savdo do‘konida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu do‘kon va omborxonasidan umumiy bahosi 67,1 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan jami 4 949 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!