Bashoratchi Xarrisni tanladi

Bashoratchi Xarrisni tanladi

Amerika universiteti tarixchisi Allan Lixtman taxminicha, amaldagi vise-prezident va davlat rahbari lavozimiga nomzod Kamala Xarris AQSh yetakchiligi uchun bo‘lajak saylovda g‘alaba qozonadi.

Darvoqe, bu ekspert mamlakatdagi so‘nggi 10 ta prezidentlik saylovidan 9 tasi natijasini to‘g‘ri bashorat qilgan.

– Ishonchim komilki, Xarris Trampni mag‘lub etadi, – dedi u “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida. – Bu fikr mening Oq uy kelajagini bashorat qilish tizimimdagi 13 kalitga asoslangan.

Lixtman 2016 yil ham Donald Trampning g‘alabasini oldindan aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!