Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon Isroil yetakchilarini hibsga olishga chaqirganidan keyin unga bosim bo‘lgani haqida gapirdi
"Ba’zi davlat rahbarlari va boshqa shaxslar men bilan gaplashib, maslahat va ogohlantirishlar berishdi", — dedi Xon BBCga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, XJS bosh prokurori G‘azodagi urush tufayli Isroil bosh vaziri Binyamin va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishni talab qilgan edi. Xon ular urush jinoyatlarida, jumladan, tinch aholini o‘ldirish, ochlikdan urush usuli sifatida foydalanish, fuqarolik infratuzilmasiga ataylab hujum qilishda gumonlanishini bildirgan.
Biroq, Xalqaro jinoiy sud hay’ati hali bu buyruqlarni tasdiqlamadi, busiz prokurorning talabi haqiqiy hisoblanmaydi.
Xon avval ham Isroil yetakchilarini jinoiy ta’qib qilishga uringani uchun tahdidlardan shikoyat qilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)