Akayev parlamentdan sobiq prezident maqomini so‘rayapti

Akayev parlamentdan sobiq prezident maqomini so‘rayapti

Qirg‘izistonning sobiq davlat rahbari Askar Akayev mamlakat parlamentiga sobiq prezident maqomini qaytarishni so‘rab, maktub yo‘lladi. Bu haqda “Kazinform” agentligi Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Kenesh matbuot xizmati xabariga tayanib yozgan.

Bu xat Konstitusiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, sud-huquq masalalari va Reglamenti qo‘mitasiga kelib tushgan.

Qo‘mita raisi, deputat Cho‘lpon Sultonbekova ko‘rib chiqish jarayoni juda uzoq muddat talab etiladigan ushbu muammoni tezda hal etib bo‘lmasligini aytib, ayni masala hozircha kun tartibiga kiritilmaganini bildirdi.

– Kun tartibiga kiritish yoki kiritmaslik, shuningdek ko‘rib chiqish tartibining boshqa jihatlari bo‘yicha qaror birgalikda qabul qilinadi, – dedi noib.

Eslatib o‘tamiz, 1990 yil 27 oktyabrdan 2005 yil 11 aprelgacha Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan Askar Akayev mamlakatda yuz bergan “lola inqilobi”dan so‘ng Rossiya Federasiyasiga chiqib ketgan. Hozir ham RFda istiqomat qiladi va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq Qirg‘iz Respublikasi Bosh prokuraturasi qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha Askar Akayevni mansab vakolati yoki mavqeini suiste’mol qilishda ishtirok etish, “Kameko” kompaniyasi bilan umumiy bitim tuzish jarayoniga beparvolik qilishda ayblagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!