Xiva va Hazorasp tumanlarining master-rejalari ishlab chiqilmoqda

Xiva va Hazorasp tumanlarining master-rejalari ishlab chiqilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan Xiva va Hazorasp tumanlarining master-rejalari ishlab chiqilmoqda.

Joriy yilning 26-30-avgust kunlari MHTI mutaxassislari va GIZ (Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti) tomonidan jalb etilgan xorijiy ekspertlar Xorazm viloyatining Xiva va Hazorasp tumanlarida bo‘lib, bu yerda faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotlarining xodimlari va mahalliy tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sektor muloqotlari (PPD - Public Private Dialogue) ni o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va bo‘sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-245-sonli qarorida MHTI va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) hamkorligida hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirishning master-rejalarini ishlab chiqish belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!