Boks bo‘yicha jahon chempioni Salim Abduvaliyev bilan aloqadorlikda ayblandi

Boks bo‘yicha jahon chempioni Salim Abduvaliyev bilan aloqadorlikda ayblandi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Orzubek Nazarovni so‘roq qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Nazarovning O‘zbekiston kriminal avtoriteti Salim Abduvaliyev bilan aloqasi borligini aniqlagan.

Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining «Uyushgan jinoiy guruhlarni moliyalashtirish» moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida maxsus xizmatlar Orzubek Nazarovni so‘roqqa tutgan. Uning tushuntirishicha, 2023 yilda boks bo‘yicha jahon chempionatida u va boshqa sportchilar Salim Abduvaliyev tomonidan kechki ovqatga taklif qilingan. Ular ovqatlanib, keyin tarqalishgan. Orzubek Nazarov jinoiy dunyo bilan hech qachon aloqada bo‘lmagani va bundan keyin ham aloqada bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur jinoyat ishi doirasida Salim Abduvaliyevning jinoiy faoliyatiga aloqador boshqa fuqarolarni aniqlash yuzasidan tergov-tezkor tadbirlari davom ettirilmoqda.

Orzubek Nazarov 1966 yilda tug‘ilgan. Boks bo‘yicha SSSR havaskorlar terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni (1987) va 3 marta (1985, 1987, 1988) jahon chempioni bo‘lgan. 1993-1998 yillarda professional boksda faoliyat yuritib, WBA talqini bo‘yicha yengil vaznda jahon chempioni kamarini saqlab turgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!