Belarus mamlakat janubida davlat chegarasi xavfsizligi va mudofaasini kuchaytirdi

Belarus mamlakat janubida davlat chegarasi xavfsizligi va mudofaasini kuchaytirdi

Belarus mamlakat janubida davlat chegarasi xavfsizligi va mudofaasini kuchaytirdi.

Bu haqda Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich “Milliy mudofaa” jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "mavjud vaziyatga adekvat javob berish uchun" zarur. Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat chegarada qo‘shimcha qo‘shinlar va harbiy qismlarni joylashtirgan.

"Vaziyat hali ham jamoaviy G‘arbning Yevropa qit’asini yanada harbiylashtirishga, jumladan, NATO harbiy infratuzilmasini Belarus-Rossiya chegaralariga yaqinlashtirishga qaratilgan buzg‘unchi faoliyati ta’sirida rivojlanmoqda”, — ta’kidladi A.Volfovich.

Shuningdek, u uchuvchisiz uchish apparatlari va aksil-sabotaj harakatlariga kompleks qarshi turish tizimi samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini aytdi.

"Hozirgi vaqtda AQSh qurolli kuchlari va NATOning birlashgan qurolli kuchlarining Yevropadagi kuchi, milliy armiyalarni hisobga olmaganda, 30 mingdan ortiq harbiy xizmatchilarni tashkil etadi, ularning 20 mingdan ortig‘i Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga yaqin joylashgan Belarus chegarasi, Pabrade poligonida AQSh Qurolli Kuchlarining tank bataloni Litvada doimiy rotasiya asosida joylashgan.

Belarus Respublikasiga qarshi razvedka ham faol olib borilmoqda. Qo‘shni davlatlar havo hududida NATO qo‘shma havo kuchlarining razvedka samolyotlaridan foydalanish intensivligi ko‘p marta oshdi va haftasiga o‘rtacha 25-30 ta parvozni tashkil etadi”, — dedi Aleksandr Volfovich.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!