Rossiya 2022 yilning kuzida Ukrainaga yadroviy zarba berishi mumkin edi

Rossiya 2022 yilning kuzida Ukrainaga yadroviy zarba berishi mumkin edi

Rossiya 2022 yilning kuzida Ukrainaga yadroviy zarba berishi mumkin edi, deya xabar bermoda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari.

MRB direktori Uilyam Berns Vashington Ukraina shimoli-sharqida Ukraina qurolli kuchlarining muvaffaqiyatli qarshi hujumi tufayli Putin shunday qadam tashlashi mumkinligidan xavotirda bo‘lganini aytdi.

"AQSh prezidenti Jo Bayden buning oqibatlari qanday bo‘lishini aniq tushuntirish uchun meni 2022 yil oxirida rossiyalik hamkasbim Sergey Narishkin bilan suhbatlashishga yuborgan", — dedi Berns.

U, shuningdek, G‘arb bu masalada "qo‘rqishi kerak emasligini", ammo Kreml tomonidan yadroviy zarba berish xavfini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!