Nigeriyada yoqilg‘i tashuvchi mashina halokatga uchrashi oqibatida kamida 48 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada yoqilg‘i tashuvchi mashina halokatga uchrashi oqibatida kamida 48 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 48 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Punch gazetasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Niger shtatida yonilg‘i tashuvchi tanker qarama-qarshi yo‘nalishda ketayotgan yo‘lovchilar va chorva mollarini olib ketayotgan yuk mashinasiga urilib, katta yong‘inga sabab bo‘lgan.

Niger davlat favqulodda vaziyatlar agentligi bosh direktori Abdullahi Baba-Arabning aytishicha, tanib bo‘lmas darajada kuyib ketgan kamida 48 kishi o‘sha kuni musulmon urf-odatlariga muvofiq dafn etilgan.

Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning umumiy soni hali aniqlanmagan. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!