«Pandemiya» filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tadi

«Pandemiya» filmining katta premyerasi bo‘lib o‘tadi

10 sentyabr kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida «Pandemiya» badiiy filmining katta premyerasi o‘tkaziladi.

Filmda bosh rolni Matyoqub Matchonov ijro etgan. Shuningdek, kartinada Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farhod Abdullayev, Bahodir Musayevlar suratga tushgan.

Syujet 2020–2021 yillarda butun dunyoga muammolar tug‘dirgan Covid-19 kassaligi va pandemiyaning O‘zbekistonda qanday kechganini yoritib beradi. Senariy muallifi Husnillo Jomonqulov, rejissyor Abu Tolib Adamqulov, operatorlar Dilmurod Turdiboyev va Alisher Ahmedov, prodyuser Abror Nabiyev. Barcha kino ixlosmandlarini ushbu namoyishga taklif etamiz. Kirish bepul.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!