Rossiyada tovuq narxi keskin ko‘tarilib ketdi

Rossiyada tovuq narxi keskin ko‘tarilib ketdi

Rossiyada 2019 yilning yanvarida tovuq go‘shtining ulgurji va chakanan narxi 20 foizdan yuqoriga qimmatladi, deb xabar bermoqda lenta.ru.

Tegishli vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha vaznli tovuq go‘shtining ulgurji narxi bir tonnaga yanvarda 117,2 ming rublni tashkil etgan bo‘lib bu qiymat o‘tgan yilgidan 21,8 prosentga qimmat.

Savdoda 14 yanvar sanasida bir kilogramm tovuq go‘shti 152,7 rublga baholangan. Bu 2018 yilgiga qaraganda 22,4 foizga ko‘proq qiymat hisoblanadi.

RBK ma’lumotida Qishloq xo‘jalik vazirligi narlar keskin oshishining asosiy sababi sifatida o‘tgan yil oxirida tarqalgan parranda grippini keltirishmoqda. Bu kasallik bir qancha mahalliy ishlab chiqaruvchilarga katta zarar keltirgan. Narxlar o‘sishini to‘xtatish maqsadida parranda fabrikalarini qayta tiklash ishlari boshlangan.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!