Rossiyada ayrim turdagi mahsulotlarning parallel importi qonuniylashtirildi. Medvedev esa bu atamani Rossiya uchun "haqoratomuz" deb atadi

Rossiyada ayrim turdagi mahsulotlarning parallel importi qonuniylashtirildi. Medvedev esa bu atamani Rossiya uchun "haqoratomuz" deb atadi

Rossiya Federasiyasi hukumati ayrim turdagi mahsulotlarning parallel importini qonuniylashtirdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.

Parallel import — intellektual mulk hisoblanuvchi texnologiyalarni Rossiya hududiga mualliflik huquqi egasining roziligisiz olib kirish.

"Mexanizmdan maqsad intellektual faoliyat natijalarini o‘z ichiga olgan tovarlarga bo‘lgan import talabni o‘rnini bosishdan iborat. Hozirgacha ularni mamlakatimiz hududida mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz sotish mumkin emas edi”, — deb ta’kidladi Mishustin Rossiya iqtisodiyotining sanksiyalar ostida barqarorligini oshirish bo‘yicha hukumat komissiyasi prezidiumi yig‘ilishida.

Rossiya Federasiyasiga parallel importning bir qismi sifatida import qilinishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, dedi hukumat rahbari.

Medvedev esa "import o‘rnini bosish" atamasini Rossiya uchun kamsitish deb atadi.

"Import o‘rnini bosish"... Darhaqiqat, bu unchalik munosib atama emas, biz uchun biroz haqoratli. Ayniqsa, qandaydir keraksiz narsalar haqida gap ketganda buni chuqurroq anglash mumkin. Ammo, gap yuqori texnologiyalar haqida ketganda, bunga chidash mumkin", — dedi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari. U "import o‘rnini bosish" iborasi o‘rniga "texnologik suverenitet" atamasi qo‘llanishini taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!