«Roma» Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda — OAV

«Roma» Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda — OAV

Football Italia`ning xabar berishicha, Joze Mourino boshchiligidagi «Roma» klubi o‘z tarkibida Eldor Shomurodovni ko‘rmoqchi.

Qayd etilishicha, «Roma» klubi Eldor Shomurodov uchun «Jenoa»ga 15 mln yevro taklif qilgan, ammo genuyaliklar forvard uchun 20 mln yevro talab qilishmoqda.

«Jenoa» o‘z navbatida Shomurodovning o‘rnini to‘ldirish uchun Sharqiy Yevropaga e’tiborini qaratmoqchi, klub «Dinamo» (Kiyev) futbolchisi Vladislav Supryagani nishonga olgan.

Shuningdek, taniqli insayder Nikolo Skira o‘z Twitter sahifasida yozishicha, Eldor Shomurodov faoliyatini «Roma»da davom ettirishga yaqin.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov Rossiyaning «Rostov» jamoasidan Italiyaning «Jenoa» klubiga 2020 yil oktyabr oyida o‘tgan edi. Genuyaliklar futbolchi uchun rostovliklarga 7,5 mln yevro haq to‘lagan.

Futbolchi o‘tgan mavsum A Seriyadagi debyut mavsumida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!