Respirator va niqoblar havo o‘tkazmay o‘pkani quritishi to‘g‘rimi?

Respirator va niqoblar havo o‘tkazmay o‘pkani quritishi to‘g‘rimi?

Respirator va niqoblar havo o‘tkazmay o‘pkani quritishi to‘g‘rimi? Bu savolga Respublika bosh sanitariya inspektori, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov javob berdi.

"Niqoblar asosan bar’er, ya’ni to‘siq vazifasini bajaradi. Bemor odam aksirganda, yo‘talganda havoga tarqatadigan mayda zarrachalarni to‘sib qoladi, lekin havoni bemalol o‘tkazadi. 

Karbonat angidriddan zaharlanib qolish mumkin degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Masalan, hozirgi kunda COVID-19  infeksiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlari soatlab niqobni yechmay bemorlarga qarashadi. 

Albatta, niqoblardan to‘g‘ri foydalanishga ahamiyat berish kerak, ya’ni ularni har 2 soatda almashtirib turish lozim", dedi u. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!