"Real" pandemiya vaqtida qancha pul yo‘qotgan?

"Real" pandemiya vaqtida qancha pul yo‘qotgan?

"Real" klubi 2020/2021 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotlarni e’lon qildi.

Klub pandemiya vaqtida, ya’ni 2020 yilning mart oyidan buyon 300 million yevro zarar ko‘rgan.

Qo‘llangan choralardan so‘ng klub yilni bor-yo‘g‘i 874 ming yevro daromad bilan tugatgan.

Shu tariqa, madridliklar ushbu vaqtda kamomadga kirmagan klublardan biri bo‘ldi.

UYEFA tahliliga ko‘ra, Yevropa klublari 2019-2021 yilda 6 milliard yevroga yaqin pul yo‘qotgan.

"Real" maoshlarni 58 milliongacha, boshqa harajatlarni 62 milliongacha qisqartirdi. Futbolchilarni sotishdan esa 175 million pul ishladi.

Klubning qarzlari 240 milliondan 46 milliongacha pasaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!