"Real Madrid" va "Manchester Siti" futbolchi almashishi mumkin

"Real Madrid" va "Manchester Siti" futbolchi almashishi mumkin

Aprel oyida "Real Madrid" va "Manchester Siti" chempionlar ligasi yarim finali yo‘llanmasi uchun kurashda to‘qnash kelishadi. Ayni paytda matbuotda La Liga va Premer-liga gigantlari yozda transfer bozorida yuqori darajadagi kelishuvga erishishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Defensa Central nashri xabar berishicha, "Real Madrid" va "Manchester Siti" hujumchi almashishi mumkin: 23 yoshli Rodrigo Angliyaga, 24 yoshli Xulian Alvares esa Ispaniyaga yo‘l oladi.

Qayd etilishicha, hozircha kelishuv haqidagi ma’lumotni faqat mish-mishlar deb hisoblash mumkin. Nufuzli Transfermarkt portali Rodrigoni 100 million yevroga, Alvaresni esa 90 million yevroga baholagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!