Ravshan Ermatov O‘FA vise-prezidenti bo‘ldi

Ravshan Ermatov O‘FA vise-prezidenti bo‘ldi

Hakam Ravshan Ermatov O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi prezidenti o‘rinbosari etib saylandi. O‘FA birinchi vise-prezidenti lavozimi vakant qolmoqda.

Ravshan Sayfiddinovich Ermatov O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi prezidenti o‘rinbosari etib saylandi, deya xabar qildi O‘FA vakili «Gazeta.uz"ga.

Hakamning nomzodi juma kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari hisobot-saylov anjumanida ma’qullandi.

Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Muhiddin O‘tkirovich Jo‘rayev ikkinchi vise-prezident etib saylandi.

Assosiasiya birinchi vise-prezidenti lavozimi vakant qolmoqda — yaqinda Umid Ahmadjonov iste’foga chiqdi.

Ravshan Ermatov (1977 y. t.) futbol bo‘yicha jahon chempionatlari uchrashuvlari bo‘yicha rekordchi hisoblanadi — 2018 yilning 25 iyuni holatida bosh hakam sifatida o‘n bitta o‘yinni boshqargan.

Manba: gazeta. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!