Rasman! Qozog‘istonda veyp taqiqlandi

Rasman! Qozog‘istonda veyp taqiqlandi

Qozog‘iston rahbari “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qozog‘iston Respublikasi Qonunini imzoladi.

Qonun tibbiyot xodimlarini huquqiy va moliyaviy himoya qilish tizimini joriy etish va ularning mas’uliyatini oshirish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida nikotin saqlovchi moddalar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan.

Qonunda tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini sug‘urta qilish mexanizmi joriy etildi (qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 6 oy o‘tgach kuchga kiradi).

Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tuzatishlar qabul qilindi. Ayniqsa:

  • o‘z farzandlariga yashash joyi bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalaridan birinchi navbatda o‘rinni olishi, kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashuvlardan himoya qilish, kasbini hurmat qilish, tibbiy kasb bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash yoki harbiy xizmat muddatini kechiktirish huquqi berildi;
  • “Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan shifokor” faxriy unvoni – davlat mukofoti ta’sis etiladi;
  • sog‘liqni saqlash sohasidagi vakolatli organ tibbiyot xodimlarini ortiqcha hisobot yoki ma’lumotlarni taqdim etishdan ozod qilish maqsadida bundan buyon to‘ldirishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi;
  • Kam uchraydigan kasb egallagan malakali tibbiyot xodimlari qishloq joylarda kamida 5 yil ishlashga kelsa, ularga eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida bir martalik naqd pul to‘lanadi.

Bundan tashqari, Qonun chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, veyplar, aromatizatorlar va ular uchun suyuqliklarni sotish, tarqatish va reklama qilishni taqiqlaydi (Ushbu Nizom rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 60 kun o‘tgach kuchga kiradi).

Qonun matni matbuotda e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!