Rashk: Andijonda 31 yoshli erkak og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi

Rashk: Andijonda 31 yoshli erkak og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi

Andijon. 2020 yilning 02 sentyabr kuni soat 12:00 da 37 yoshli B.T., shar’iy turmush o‘rtog‘i N.O‘., ni rashk qilganligi sababli, Andijon shahar Yorboshi MFY da joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida 31 yoshli X.X., bilan o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida yog‘ochga qotirilgan o‘tkir tig‘li jism bilan X.X., ni bir marotaba urib, unga hayot uchun “og‘ir” bo‘lgan tan jarohati yetkazgan.  

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.T., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!