Bir nechta daryo o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga moratoriy kuchga kirmoqda

Bir nechta daryo o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga moratoriy kuchga kirmoqda

2024 yil 1 maydan boshlab Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddasiz moratoriy joriy qilinadi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 17 yanvardagi “Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 14 sonli farmonida nazarda tutilgan.

Farmonga ko‘ra, tadbirkorlik subektlari tomonidan yuqoridagi daryo hududlariga tushish, o‘zan tozalash ishlarini amalga oshirish, qum-shag‘al qazib olish taqiqlanadi. Shuningdek, bu daryolarga shartnoma va lisenziyalarni rasmiylashtirish mumkin emas. Moratoriy e’lon qilingan hududlarda qum-shag‘al qazib olayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyati endi tog‘li yoki tog‘oldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalariga yo‘naltiriladi.

Unutmang!

Moratoriy davrida qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.

Ekologiya vazirligi va vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan noqonuniy qum-shag‘al materiallarini qazib olishga qarshi doimiy reyd tadbirlari olib borilmoqda. Bu boradagi har qanday huquqbuzarlik qat’iy jazolanadi!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!