Polsha yadroviy qurolga ega bo‘ladi

Polsha yadroviy qurolga ega bo‘ladi

Polsha yadroviy almashish dasturida ishtirok etish uchun ariza topshirish orqali Amerika yadroviy qurolini joylashtirishni rasman so‘radi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri o‘rinbosari Pavel Zalevskiy ma’lum qildi.

«Biz yadroviy almashish deb nomlangan dastur haqida gapiryapmiz. Bu NATO dasturi, ammo Polshada joylashgan yadroviy quroldan foydalanish bo‘yicha qaror va to‘liq nazorat amerikaliklar tomonidan qabul qilinadi. Albatta, bu dastur Yevropada ishlaydi. Unda Belgiya, Italiya va Germaniya ishtirok etmoqda. Va Polsha ushbu dasturda ishtirok etishga tayyorligini e’lon qildi», dedi Pavel Zalevskiy.

Avvalroq, Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov, agar NATO yadroviy inshootlari Polsha hududida joylashadigan bo‘lsa, «Rossiya uchun harbiy nishonga» aylanishini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!