Qo‘qonda voyaga yetmagan sudlanuvchi 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi

Qo‘qonda voyaga yetmagan sudlanuvchi 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi avvaldan o‘ziga tanish bo‘lgan shaxs bilan o‘zaro tortishib qoladi va jahlini jilovlay olmay, turgan yeriga yaqin joydagi savdo do‘koni oshxonasidan xo‘jalik pichog‘i olib chiqib, tanishining ko‘krak qafasiga bir marotaba sanchib qolib, unga og‘ir tan jarohati yetkazadi. Natijada pichoqlangan fuqaro vafot etadi.

O‘sha vaqtda jahlini tiya olmagan sudlanuvchi bugun qilmishidan pushaymon, biroq endi kech. Jinoyatga jazo muqarrardir.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon sudida ko‘rib chiqilib, sudlanuvchi voyaga yetmagan bo‘lganligi sababli unga nisbatan jinoyat kodeksining 85-moddasi tartibida 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!