Qozog‘istondagi tartibsizliklar Nazarboyevning qizi va kuyovini qancha mablag‘idan ayirgani aytildi

Qozog‘istondagi tartibsizliklar Nazarboyevning qizi va kuyovini qancha mablag‘idan ayirgani aytildi

Qozog‘istonning eng mashhur bizneslari ortida turgan milliarderlarning boyligi so‘nggi kunlarda mamlakatda keng tarqalgan milliy norozilik namoyishlari tufayli anchaga kamaydi.

To‘rt qozog‘istonlik milliarder, jumladan, sobiq prezident Nazarboyevning qizi va kuyovi 4 yanvardan keyin 3 milliard dollar yo‘qotdi Forbes.

Ikki yirik bank – “Kaspi” va “Narodniy bank” AJ aksiyalari narxi namoyishchilar jamoat binolariga o‘t qo‘yib, Nazarboyevning yodgorliklarini ag‘darib tashlagach, tushib ketdi.

Londonda joylashgan "Kaspi Bank"ning yirik aksiyadori, milliarder Vyacheslav Kim 1,4 milliard dollarga qashshoqlashdi, chunki "Kaspi" aksiyalari narxi 4 yanvardagi 118 dollardan 6 yanvarda 87 dollarga, 30 foizga tushib ketdi.

Nazarboyevning qizi Dinara Qulibayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Kulibayevning London fond birjasida ro‘yxatga olingan Qozog‘iston Xalq banki AJdagi ulushlari qiymati 16 foizga arzonlashgani sababli jami 200 million dollar yo‘qotdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!