Qozog‘istonda qurilishda ishlayotgan o‘zbekistonlik balandlikdan qulab tushib vafot etdi

Qozog‘istonda qurilishda ishlayotgan o‘zbekistonlik balandlikdan qulab tushib vafot etdi

6 sentyabr kuni Turkiston viloyatining Sariag‘ash tumanidagi qurilish maydonida O‘zbekiston fuqarosi A.B. balandlikdan qulab tushgan va vafot etgan. Bu haqda O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib TIV matbuot xizmati xabar qildi.

“Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor aloqa o‘rnatgan hamda marhumning jasadini vatanga jo‘natish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda”, deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!