Qozog‘iston – Xitoy chegara hududida avtobuslar qatnovi davom etmoqdami?

Qozog‘iston – Xitoy chegara hududida avtobuslar qatnovi davom etmoqdami?

Sharqiy Qozog‘istonning Xitoy bilan chegarasida joylashgan Sariterek qishlog‘i aholisi Xitoydan kelganlarni koronavirus bo‘yicha karantin maqsadida mahalliy shifoxonalarga joylashtirilishiga qarshi namoyishga chiqdi.

Namoyishchilarning ta’kidlashicha, hukumat tomonidan bildirilgan bayonotga ko‘ra Xitoy bilan transport qatnovi to‘xtatilganiga qaramasdan chegara hududida avtobuslar qatnovi davom etmoqda.

Hukumat rasmiylari Xitoydan virusga chalingan bemorlarni olib kelinishi borasidagi xabarlarni "mish-mish" deya atayotgan bir vaqtda mahalliy shifoxonalarda Xitoydan kelganlar uchun joylar tayyorlanmoqda, deyiladi mahalliy axborot vositalari xabarida. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!