Qoraqalpog‘istondagi MIB xodimlariga qarshiliklar

Qoraqalpog‘istondagi MIB xodimlariga qarshiliklar

Kommunal-to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortib, Majburiy ijro byurosi xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotgan, ularni haqoratlab, tan jarohati yetkazadigan kishilar ham topiladi.

Shu kunga qadar byuro xodimlariga 2017 yilda 4 ta, 2018 yil 1 ta holat bo‘yicha qarshilik ko‘rsatilgan, deb ma’lumot bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi MIBning Boshqarma katta inspektori Begzod Xojamuratov “Istiqlol va qonun”ga. 

Byuroning To‘rtko‘l tumani bo‘limi katta inspektori X.Djumaniyazov o‘ziga bekitilgan “Markazobod” MFYdagi uylarning birida N.SH. tomonidan qarshilikka uchraydi. MIB xodimi 9 fevralda fuqaroning energiya resurslari uskunalarini ko‘zdan kechirib, unga 349 ming so‘m qarzdorlik yozib ketadi. Talabnama bo‘yicha belgilangan muddatda qarzdorlik to‘lanmagach, MIB xodimi xonadonni elektr energiyasidan ajratishga borganda, fuqaro N.SH. ularga qarshilik ko‘rsatadi. N.SH. inspektorni turli so‘zlar bilan haqoratlab, xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilgan.

Ushbu holat bo‘yicha N.SH.ga Ma’muriy sudning 12 aprel kungi qarori bilan eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida jarima solindi.

Manba: kar24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!