Qirg‘izistonda sel tufayli avtomobil yo‘lida ko‘prik qulab tushdi

Qirg‘izistonda sel tufayli avtomobil yo‘lida ko‘prik qulab tushdi

30 iyun kuni O‘sh viloyatining Nookat tumani, Ko‘k-Jar qishlog‘i hududidagi ko‘prik qulab tushdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, O‘sh-Razzoqov avtomobil yo‘lining 63-kilometrida Nayman ko‘prigi sel oqimi tufayli qulab tushgan. Ko‘prikning qulashi sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Voqea joyida restavrasiya ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq, O‘sh viloyati Nookat tumani Abshir Ota qishlog‘iga sel kelishi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Tabiiy ofat qurbonlarining aksariyati 8 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar bo‘lib, sel oqibatida ikki nafar ayol ham vafot etgan. Qutqaruv ishlariga Favqulodda vaziyatlar vazirligining jami 53 nafar qutqaruvchisi jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!