Qirg‘iziston Prezidenti o‘z iste’fosi borasida muzokara boshladi

Qirg‘iziston Prezidenti o‘z iste’fosi borasida muzokara boshladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov Bosh vazir Sadir Japarov bilan iste’foga chiqish to‘g‘risida muzokaralarni boshladi. Bu haqda RIA Novosti davlat rahbari matbuot xizmatiga asoslanib xabar bermoqda.

"Ha, muzokaralar olib borilmoqda, muzokaralar davom etmoqda", dedi Qirg‘iziston rahbarining matbuot kotibi Tolgonay Stamaliyeva.

Eslatib o‘tamiz, 14 oktyabr kuni Sadir Japarov mamlakat prezidentining iste’fosini talab qilayotgani haqida xabar berilgan edi. Japarovning aytishicha, u bosh vazir sifatida qancha vaqt ishlashini bilmaydi, chunki yangi parlament saylovlari kutilmoqda. U mamlakatda avval konstitusiyaviy islohot o‘tkazilishini, so‘ngra saylovni e’lon qilishini istisno qilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!