Prezident qarori bilan qayta tashkil etilgan davlat inspeksiyasiga boshliq tayinlandi

Prezident qarori bilan qayta tashkil etilgan davlat inspeksiyasiga boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 dekabrdagi qarori bilan Ravshan Hamidullayevich Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2018 yil 21 noyabrdagi qarori bilan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi sifatida qayta tashkil etilgan edi.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!