Prezident eng kam oylik ish haqini 1,5 baravar oshirishni buyurdi

Prezident eng kam oylik ish haqini 1,5 baravar oshirishni buyurdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 5 oktyabr kuni respublika xalqiga bergan yillik hisobotida Qozog‘iston fuqarolarining eng kam oylik ish haqini 1,5 baravar oshirishga va’da berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning 1 yanvaridan eng kam oylik ish haqi 76 dollardan 114 dollargacha ortadi.

“Bu o‘sish turli sohalarda ishlaydigan 1,3 mln kishining barcha mulk shaklidagi korxonalardan oladigan ish haqiga ham birdek tegishli. Bundan tashqari, byudjet tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 275 ming nafar xodimning ish haqi o‘rtacha 35 foizga oshadi. Bu o‘qituvchilar, shifokorlar, huquq-tartibot idoralari, mudofaa va boshqa kasb egalariga taalluqli. Mazkur maqsadlar uchun yiliga 261 mln 580 ming AQSh dollari ajratilishi kerak. Albatta, bu 2019-2021 yillar uchun respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladi", – deydi N.Nazarboyev.

Shuningdek, hukumat boshlig‘i uch yil mobaynida fan va ta’limga har yili 272 million 480 ming dollar ajratilishini belgilab berdi. Prezidentning ta’kidlashicha, ushbu sohani rivojlantirish uchun katta tajribaga ega bo‘lgan, bu borada "sochi oqargan" shaxslarni jalb etish kerak.

"Singapur ko‘p yillardan buyon mutaxassislarni izlaydi, so‘ngra Yaponiyadagi nafaqaxo‘rlarni ishga jalb qildi. Mana, "Air Astana" va Nazarboyev universitetini xorijliklar boshqaradi. Siz ham izlab toping, mablag‘ to‘lang. Agar o‘zingiz ishlamasangiz, men hammani ishdan bo‘shataman, chet ellik fuqarolarni ishlashga taklif qilaman", – dedi prezident hukumat a’zolari hamda parlament deputatlariga.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!