Poroshenko va Trampning bir xil kostyumda paydo bo‘lishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kulgisiga sabab bo‘ldi

Poroshenko va Trampning bir xil kostyumda paydo bo‘lishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kulgisiga sabab bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenkoning bir xil kostyumdagi surati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining kulgisiga sabab bo‘ldi.

Ukraina prezidentining matbuot kotibi Stanislav Segolko tvitterda Poroshenko va Trampning ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan tushgan suratini joylashtirdi. Shu bilan birga, prezidentlar bir-biriga juda o‘xshab ketgan: qora pijaklar, oq ko‘ylaklar va qizil bo‘yinbog‘lar. Segolkoning ta’kidlashicha, «hatto dress-kod ham strategik hamkorlarning pozisiyasini ifodalaydi».

«Aftidan, Pyotr va Tramp bitta do‘kondan kiyim xarid qilishgan», - deya qayd etgan foydalanuvchi Viktor Ostafeychuk.

«Men bitta garderobdan dreff-kod, degan bo‘lardim. Bu ikkisidan qaysi biri eski kiyimda ekanini esa, Trampning yuzidan bilib olish mumkin», - deb yozgan Yuriy Getalov.

Shuningdek, foydalanuvchilar Poroshenkoga AQSh prezidenti bilan surat qanchaga tushgan bo‘lishi mumkinligi borasida taxmin qilishgan. Bundan tashqari, suratga qoldirilgan izohlarda u montajga o‘xshab ketayotgani, uning asl nusxasida esa Tramp Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan birga turgani tasvirlangani haqida fikrlar bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov eshikni adashtirib yuborgan Poroshenkoning ustidan kulgandi.

Manba: kun.uz 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!