Poroshenko BMTda rossiyaliklar muzokara xonasi oldida "feyk-nyus" deya baqirdi

Poroshenko BMTda rossiyaliklar muzokara xonasi oldida "feyk-nyus" deya baqirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko BMT binosida rossiyalik jurnalistlarning Donbassdagi tinchlik o‘rnatiuvchi shaxslar haqidagi savoliga javoban ularga "feyk-nyus", deya baqirdi.

"Rossiya-24" telekanali jurnalistlari BMTning 73-Bosh assambleyasi davomida norasmiy suhbatlar vaqtida syujet suratga olishayotgan bo‘lgan. O‘sha vaqtda u yerda Ukraina rahbari paydo bo‘lgan.

Telekanal muxbiri Poroshenkoga Donbassga BMTning tinchlik o‘rnatuvchi shaxslarini kiritish to‘g‘risidagi tashabbusi haqida savol bergan. Shu vaqtda prezidentni boshqa jurnalistlar o‘rab olishgan.

Poroshenko, shu vaqt kameraga qarata "feyk-nyus" deya baqirgan va rossiyalik delegasiyalari xonasi bilan qo‘shni bo‘lgan muzokaralar o‘tkaziladigan xona eshiklari ortida g‘oyib bo‘lgan, deb yozadi RIA Novosti.

Shu bilan birga, ayrim OAVlarning ta’kidiga ko‘ra, Ukraina prezidenti adashib BMTdagi Rossiya delegasiyalari a’zolari o‘tirgan xonaga kirib qolgan va u yerdan 15 soniyadan so‘ng qaytib chiqqan.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovga Poroshenko adashib uning xonasiga kirgani haqida aytishganida, rossiyalik diplomat hazil tariqasida "Hojatxona bilan adashtirib qo‘ygan bo‘lsa kerak", - deb javob qaytargan.

Ilgariroq, Poroshenko Nyu-York shahrida o‘tkazilayotgan BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida yevropa mamlakatlari yetakchilari bilan Donbassga tinchlik o‘rnatuvchi shaxslarni yuborish masalasini muhokama qilgan edi.

2018 yil BMT Bosh Assambleyasi oliy darajadagi haftaligi doirasida umumsiyosiy debatlar 25 sentyabr sanasidan 1 oktyabrga qadar o‘tkaziladi. Rossiya delegasiyasi Sergey Lavrov boshchiligida tashrif buyurgan, diplomat 28 sentyabr kuni chiqish qilishi kutilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!