Polisiya xodimi o‘zi qo‘lga olmoqchi bo‘lgan erkakdan kaltak yedi (video)

Polisiya xodimi o‘zi qo‘lga olmoqchi bo‘lgan erkakdan kaltak yedi (video)

Moskvada, Krasnogorskda noxush holat yuz berdi. Polisiya xodimi o‘zi qo‘lga olishi kerak bo‘lgan erkakdan kaltak yedi. Tartibbuzar polisiya xodimining yuzi va boshiga kamida uch marta zarba bergan. 

Voqea 22 iyunda sodir bo‘ldi. Avval polisiyaga yoshlar tartibni buzayotgani haqida xabar berildi. Voqea joyiga patrul mashinalari yetib keldi. 

— Tartibbuzarlarni qo‘lga olish chog‘ida bezorilardan biri qarshilik ko‘rsatdi va polisiya xodimining yuzi aralash boshiga kamida uch marta zarba berdi. Polisiyachi esa oqibatda yengil tan jarohati oldi, deyiladi manbada.

Bezorilar qo‘lga olingan. Ayni damda surishtiruv ishlari olib borilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!