“Playstation” o‘yingohidagi o‘g‘irlik fosh etildi

“Playstation” o‘yingohidagi o‘g‘irlik fosh etildi

Shu yil 2 mart kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi A.SH. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 28 fevralga o‘tar kechasi noma’lum shaxs A.Temur ko‘chasida joylashgan unga tegishli bo‘lgan Playstation o‘yingohi eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, u yerdan 900 ming so‘m puli, 6 dona Sony Playstation o‘yin apparatlari va 36 dona o‘yin apparatlarining boshqaruv pultlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni T.Malik ko‘chasida yashovchi I.T., B.Q., Bobur ko‘chasida yashovchi M.V. va So‘g‘diyona ko‘chasida yashovchi J.O.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!