Parranda go‘shtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi

Parranda go‘shtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi

«Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperasiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-238-son, 27.06.2024 y.) qabul qilindi.

🔴Qarorga ko‘ra, kooperasiya tizimiga asoslangan «Agroparranda klasteri» loyihasi amalga oshiriladi.

✔️2030 yil 1 yanvargacha parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (ekin maydonlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.

✔️2024 yil 1 iyuldan parranda go‘shtini (TIF TN kodi 0207) eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi.

✔️2024 yil 1-oktabrdan yangi so‘yilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop mahsulotlari (butun go‘sht, qanot, bel, bo‘yin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) O‘zbekiston hududiga olib kirishda belgilangan bojxona boji bo‘yicha berilgan imtiyoz bekor qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!