OTMga kirish imtihoni: qancha abituriyentga joy tayyorlanmoqda?

OTMga kirish imtihoni: qancha abituriyentga joy tayyorlanmoqda?

Bugun, 9 iyul kuni soat 16:00da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida karantin davrida qabul jarayonini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Davlat test markazi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi rahbarlari ishtirok etdi.

Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich kimrish imtihonlari haqida ma’lumot berdi:

Bugungi kunga qadar oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan 70 ta binoda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Binolarni jihozlash ishlari 20 iyulga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Binolarda bir vaqtda 840 ta guruh uchun, ya’ni ijtimoiy masofani saqlagan holda 25 ming 200 nafar abituriyentga joy tayyorlanmoqda.

Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga dezinfeksiya yo‘lakchasi orqali, tana harorati tekshirilib, tibbiy niqob va rezina qo‘lqopda kiritiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!