"Otam 59 yoshda. Sog‘ligi yomon. Ammo ishga borishga majburlashyapti"

"Otam 59 yoshda. Sog‘ligi yomon. Ammo ishga borishga majburlashyapti"

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.

❓Otam davlat tashkilotida ishlaydi. U har ikki kunda bir marta ishga boradi. Transportlarning harakatlanishi cheklanganligi sababli, ish joyiga qanday borish mumkinligi haqida savol paydo bo‘lmoqda. Boshlig‘i «Siz o‘z vaqtida ishda bo‘lishingiz kerak. Agar yoqmasa, ishdan bo‘shang» demoqda. Otam 59 yoshda va uning sog‘ligi juda yomon.  Uning ish joyi uydan 12-13 kilometrgacha uzoqlikda joylashgan. Bu muammoni qanday hal qilishimiz mumkin?

❗️Respublika maxsus komissiyasining viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari harakatlanini cheklash bo‘yicha qaroriga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchi xodimlari markazlashgan tartibda avtobus (mikroavtobus) orqali Koraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri, Toshkent shahri va viloyat markazlariga kiritilishi belgilangan.

❗️Masofadan ishlash to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra karantin davrida ish beruvchi xodimning roziligi bilan uni masofaviy ish usulida yoki uyda ishlashga o‘tkazishi mumkin.

❗️Bunda ushbu huquqdan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.

❗️Bundan tashqari, Mehat qonunchilikka ko‘ra, ish beruvchi xodimlarga mehnat shartnomasida nazarda tutilgan zarur mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi shartligi belgilangan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!