Oltin to‘pga nomzodlar reytingi yangilandi

Oltin to‘pga nomzodlar reytingi yangilandi

Nufuzli Goal portali sahifalarida 2024 yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritadigan favoritlarning yangi reytingi e’lon qilindi.

Ushbu reytingning kuchli 4 taligida hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi: Vinisius Junior birinchi, Jud Bellingem ikkinchi, Toni Kroos uchinchi, Kilian Mbappe esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri beshinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Keyingi o‘ntalikka Xarri Keyn, Florian Virs, Jamol Musiala, Fil Foden va Antonio Ryudiger kiradi.

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi 15-o‘rinda qoldi. Erling Xoland 12-o‘rinda qolmoqda.

E’tibor bering, Lamin Yamal 16-o‘ringa ko‘tarildi. Granit Jaka (19-o‘rin) va Marsel Sabitser (20-o‘rin) kuchli yigirmatalikka kirishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!