Olimlar o‘ta kuchli yangi antibiotikni kashf etishdi

Olimlar o‘ta kuchli yangi antibiotikni kashf etishdi

Olimlar birinchi marotaba patogenlarning dorilarga chidamliligini yengga oladigan universal tabiiy antibiotikni topishdi.

Kashfiyot Rossiyaning Tyumen davlat universiteti mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.

“Kashf etilgan Emerisillipsin A moddasi odamlar va hayvonlarda bakteriyalar hamda zamburug‘lar sabab yuzaga keladigan yuqumli kasalliklarga qarshi samarali kurashishda yordam bera oladi”, deb yozmoqda kashfiyot mualliflari Applied Biochemistry and Microbiology jurnalida chop etilgan tadqiqot xulosalarida.

Bugungi kunda farmakologiyaning vazifalaridan biri bu mikroorganizmlarga qarshi ko‘p yoki mutlaq qarshilik ko‘rsatadigan tabiiy antibiotiklarni izlashdir, deya ta’kidlayotgan mutaxassislarning fikriga ko‘ra, topilgan modda bakteriyalarning bioplyonka hosil qilish qobiliyatini yo‘q qilgan holda ushbu patogenlarning antibiotiklarga chidamliligini pasaytiradi.

"Emerisillipsin A eukariotlar va prokariotlarga turli molekulyar mexanizmlar orqali ta’sir qiladi. Eukariotlar (zamburug‘lar va o‘simta hujayralari)  hujayra membranasining peptid tomonidan yo‘q qilinishi hisobiga, prokariotlarning virulentligi esa bioplyonkalar paydo bo‘lishining oldini olish hisobiga nobud bo‘ladi", - deydi Tyumen davlat universitetining X-BIO antimikrobial qarshilik laboratoriyasining katta ilmiy xodimi Yevgeniy Rogojin.

Emerisillipsin A, Tyumen davlat universiteti olimlarining fikriga ko‘ra, mustaqil terapevtik vosita sifatida ham, murakkab preparatlarning elementi sifatida ham istiqbolli bo‘lib, terapiya in’eksiya yo‘li bilan yoki ta’sirlangan to‘qimalarni bevosita davolash orqali amalga oshirilishi mumkin.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!