Olimlar qo‘ziqorinlardan elektr toki olishga muvaffaq bo‘ldi

Olimlar qo‘ziqorinlardan elektr toki olishga muvaffaq bo‘ldi

Qayta tiklanadigan energiyaning yangi turlarini izlayotgan olimlar ancha vaqtdan buyon sian bakteriyalarni o‘rganmoqda. Bu mikroorganizmlar tabiiy yo‘l bilan yorug‘lik va elektr toki hosil qiladi. Sian bakteriyalari sun’iy yuzada juda tez o‘ladi. Shuning uchun ular ishlab chiqaradigan elektr tokidan hech narsa qilib bo‘lmagan. AQShning Stivens texnologiya instituti olimlari bakteriyalar uchun optimal yuza — bionik qo‘ziqorinlarni yaratdi. «Nano texnologiya» xabar berdi.

Bionik qo‘ziqorinlarni olish uchun olimlar oddiy qo‘ziqorinlarni 3D printerida ishlab chiqarilgan nanomateriallar bilan chatishtirgan. Dastlab uch o‘lchamli printerda grafen polosali elektron siyoh chop etilgan. Siyoh yordamida oddiy qo‘ziqorinning boshiga shoxlanuvchi naqsh tushirilgan. Shundan keyin sian bakteriyali biosiyoh chop etilgan. Biosiyoh yordamida oddiy qo‘ziqorin boshiga spiral ko‘rinishidagi naqsh tushirilgan. Shundan so‘ng qo‘ziqorinlarni yoritib, sian bakteriyalarda fotosintez faollashtirilgan. Ikki xil siyohning bir-biriga tekkan joyida grafen nanopolosalari sian bakteriyalar tomonidan chiqarilgan tokni yig‘gan.

Bionik qo‘ziqorinlar ishlab chiqqan energiya minimal hisoblanadi. Biroq olimlarning fikricha, qo‘ziqorinlar muammoning asosiy yechimi bo‘lgan, endi ochilgan sohani tadqiq qilish qoldi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!